Intellektual ishlab chiqarish, avtomatlashtirish va Industry 4.0 - 18-Markaziy Osiyo xalqaro ko`rgazmasi - Machinery Central Asia 2026

10 - 12 noyabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekistonda “To‘rtinchi sanoat inqilobi markazi” tashkil etiladi

O`zbekistondayaratiladi"To`rtinchi sanoat inqilobi markazi." Uning asosida robototexnika, narsalar interneti va aqlli zavodlar kabi sanoat korxonalarida Sanoat 4.0 yechimlarini joriy etishni tartibga solish mexanizmi shakllantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Oliy Majlisga va xalqqa Murojaatnomasida aytib o‘tdi.

Shu bilan birga, korxonalar yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga joriy etishdan oldin ularni sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mehnat unumdorligi va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha alohida loyiha amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida xalqaro moliya institutlarining 200 million dollarlik kredit va grantlarini jalb etish, sanoat korxonalariga xorijdan yuqori malakali texnolog va muhandislarni jalb etish, biznes jarayonlarini raqamlashtirish, energiya sarfi va boshqa xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha audit o‘tkazish, ilg‘or texnologiyalar transferini ta’minlash rejalashtirilgan.

Kelgusi yilda iqtisodiyot 6,6 foizga o‘sib, yalpi ichki mahsulot hajmini 167 milliard dollarga yetkazishi kutilmoqda.



Manba